Архив автора fgsadikov

Автор:fgsadikov

Ustoz otangdek ulug‘ degan naql bor xalqimizda.

Download PDF

Ustoz otangdek ulug‘ degan naql bor xalqimizda. 2023-yil 20-aprel kuni ramazon hayiti kuni munosabati Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi ijrochi direktori Zulfiqor Jo‘rayevich Xolmirzayev boshchiligida direktor o‘rinbosarlari F.Sadikov, Sh.Kaytarova, O.Jumayev, yetakchi X.Akromov va o‘quvchilar bilan birgalikda taʼlim tizimida faoliyat yuritgan nuroniylarni eʼzozlash, ularga hurmat ko‘rsatish, ular holidan xabar olish, mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatish borasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, o‘quvchi yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, vatanimizning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan faxriy fizika fani o‘qituvchisi G‘ofirjon Umrzoqov, o‘qituvchi Nurmuhammad Turkmanov va Zayniddin O‘rinboyevlarniing xonadonlariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi. Ularga estalik sovg‘alari topshirildi. Mana shunday faxriylarning boy tajribasi bugun yosh xodimlarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etishda, xizmat sifati va samaradorligini oshirishda hamisha zarur.

Автор:fgsadikov

O`QUVCHILAR «AKADEMIK LITSEY IFTIXORI» STIPENDIYASI BILAN TAQDIRLANDI.

Download PDF

2021-yil 20-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4910-son qaroriga muvofiq barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi topshirilidi.

Автор:fgsadikov

ITS-2022 RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI.

Download PDF

6500ga yaqin o’quvchilarni birlashtirgan ITS-2022 olimpiadasining 2-bosqichi (final) 14-may Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida an’anaviy shaklda bo’lib o’tdi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o’z bilim va ko’nikmalarini yana bir bor sinovdan o’tkazishdi. G’oliblar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. ITS-2022 olimpiadasi «O’zbekiston 24», «Yoshlar», «Toshkent», telekanallari orqali efirga uzatildi. ITS-2022 olimpiadasi mazmunli va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Автор:fgsadikov

Akademik litsey xodimi Oʻzbekiston sport faxriysi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Download PDF

2021-yil 25-dekabr oyida faxriy sport ustalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Akademik litseyimiz xodimi ustoz Zayniddin O’rinboyev ham Oʻzbekiston sport faxriysi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Eslatib oʻtaman Z.Oʻrinboyev sportning «sambo» yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni, koʻplab medallar, xalqaro turnirlar ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoamiz nomidan Zayniddin Oʻrinboyevni tabriklaymiz hamda ishlariga rivoj, mustahkam sog’liq, omad yor boʻlishini tilaymiz.